НОМИНАНТЫ ПРЕМИИ

Образовательный: Языки

Rustam Qoriyev

Ibrat farzandlari — Yoshlar ishlari agentligi qoshida chet tillarini oʻrgatish uchun tashkil etilgan loyiha hisoblanadi. Loyiha turli yondashuvlar asosida bir qancha media kontentlardan iborat. Bu orqali oʻquvchilar oʻzbek, rus, ingliz, nemis, turk, arab, fransuz, koreys, ispan, xitoy va boshqa tillarni YouTube orqali mutlaqo bepul oʻrganishi mumkin. Ayni paytda, loyiha doirasida 22ta tildan dars berib borilmoqda va kelgusida tillarni 30ga yetkazish rejalashirilgan. Darslar malakali mutaxassislar tomonidan, kreativ metodlar, qiziqarli yondashuvlar asosida olib boriladi. Darslarni tugatgan foydalanuvchilarga esa loyiha tomonidan ishlab chiqilgan sertifikatlar taqdim qilinadi.